Turing HubblePhone smartfonini namoyish qildi: juda qimmat “buklama” apparat bir nechta egiluvchan ekrani bilan

  •   Saroy
  •  1751
  •  02.08.2018 12:29

Turing HubblePhone smartfonini namoyish qildi: juda qimmat “buklama” apparat bir nechta egiluvchan ekrani bilan

Turing Phone’ning ikkinchi avlodi Liquidmorphium deb nomlanadigan maxsus metaldan yasalgan korpusni taklif etmoqda va yana aqlga sig‘maydigan darajada qimmat narxda. Shu bois ham smartfon unchalik ommalashmadi. Endi esa kompaniya bir nechta egiluvchan ekranga ega buklanadigan yana bir noodatiy qurilmasini namoyish qildi. Yangi qurilma HubblePhone (chamasi  «Xabbl» teleskopi nazarda tutilgan) deb nom oldi. Nazariy jihatdan ushbu qurilma juda jozibali, ammo amalda qanday bo‘ladi, bunisi hozircha jumboq?

O‘QING:Oppo bir yo‘la uchta buklama smartfonga patent oldi

Shunday tuyulyaptiki, go‘yo  Turing Robotics zamonaviy smartfonlar bozarining bir yo‘la barcha trendini va ularning texnik imkoniyatlarini o‘ziga to‘plab olgandek.  Qurilmaning press-relizida  «sun’iy reallik» (AfR), AR, VR, MR, XR, 5G NR, bir nechta ekran, mobil o‘yin konsoli, emotsionalli mashinali intellekt, II va boshqa shu ruhdagi ustinliklar haqidagi ma’lumotlarni o‘qish mumkin.  HubblePhone dizayni loyihada yozilganidek tasvirlangan.

O‘QING:Oppo old kameradan voz kechib, orqa panelida sensor ekranli smartfon yaratadi

Turing’dan uchunchi smartfon — bu rostdan ham uch ekranli “buklama”. Suriladigan qismida «yelkama yelka» ikkita ekran joylashgan, yana bir ekran esa odatda klaviatura joylashgan tomonda. Ekranlarning biri tashqariga buralib chiqadi va smartfonni mini-noutbukga aylantiradi.

Qurilma   8 GB OZU va  256 GB ichki xotiraga ega bo‘lgan Snapdragon 855 chipi bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilmoqda. Smartfon ikkita mustaqil modeldan iborat bo‘ladi. Ulardan biri 4K-ekranga, boshqasi ikkita displeyga, ikkita Full HD-ekranga ega bo‘ladi. Shuningdek ultrayupqa moduli sig‘imi 2800 mAch va 3300 mAch bo‘lgan o‘zining  batareyasi bilan ta’minlanadi. HubblePhone 15 karra optik zumli kamera-«teleskop» bilan jihozlangan.

Xabarda aytilishicha, ushbu qurilma “atigi” 2749 dollar turarkan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!