Turkiyalik muhandislar BMW avtomobillarini haqiqiy transformerlarga aylantirishdi (Video)
Turkiyalik muhandislar jamoasi bir nechta BMW rusumidagi avtomobillarni 8 oylik mehnatdan keyin real transformerlarga aylantirishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqda Interesting Engineering nashri muhandislar jamoasiga tayanib xabar bergan.
Loyiha doirasida to‘liq funksional transformer robotlar yaratilgan. Letrons kompaniyasining muhandislari tarafidan ushbu robot/avtomobillar chindan ham kishining e’tiborini tortadi.
Letrons endilikda bunday transformer robot/avtomobillarni sotuvga chiqarishni rejalashtirmoqda. Biroq ushbu modellarning narxi ancha qimmat bo‘lishini taxmin qilish qiyin emas.
Hozircha 12 kishidan iborat Letrons firmasi muhandislari BMW avtomobillaridan yaratgan ushbu robotlarni faqat distansion pult yordamida boshqarish mumkin. Ammo kompaniya loyihaga investorlarni jalb qilgach, harakatlanadigan haqiqiy robot-avtomobillarni ishlab chiqishni rejalashtirgan. Sababi hozirgi transformerlar faqat shaklini o‘zgartiradi, biroq ular harakatlana olmaydi. Muhandislar jamoasi istalgan avtomobildan robot-transformer yasash mumkinligini ta’kidlab o‘tgan.