Turli narx toifalaridagi eng zo‘r Android smartfonlar beshta reytingda 

Turli narx toifalaridagi eng zo‘r Android smartfonlar beshta reytingda 

AnTuTu benchmarki 2021 yil noyabr holatiga ko‘ra turli narx toifalar bo‘yicha eng yaxshi Android smartfonlar reytingini e’lon qildi. 

Yoz oyidagi reytinglarda asosan Xiaomi va Redmi smartfonlari birinchi o‘rinni egallagan edi, biroq noyabr oyida bu ikki brendning birorta smartfoni birinchi o‘rinni egallay olmadi. Faqatgina Black Shark brendiga mansub bo‘lgan qurilma eng qimmat smartfonlar toifasida yetakchi bo‘lgan. 

Eng arzon, ya’ni narxi 1999 yuangacha (bu taxminan 313 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi) bo‘lgan smartfonlar o‘rtasida Motorola Edge S birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Redmi Note 10 Pro hamda realme Q3 Pro qurilmalariga nasib etgan. 

Hamyonbop kategoriyadagi, ya’ni 2000–2999 yuanlik (taxminan 314–470 dollarlik) smartfonlar lideri esa Oppo K9 Pro bo‘lgan.

O‘rta narxli, ya’ni 3000–3999 yuanlik (471 – 628 dollarlik) smartfonlar toifasida esa iQOO 7 yetakchi bo‘lib turibdi.

Narxi 4000 yuandan to 4999 yuangacha (629–785 dollar) bo‘lgan smartfonlar orasida Red Magic 6S Pro'ga teng keladigani topilmagan.

Eng qimmat, ya’ni narxi 5000 yuandan (786 dollardan) yuqori bo‘lgan flagmanlar orasida esa Xiaomi kompaniyasining vakili – Black Shark 4S Pro yetakchilikni qo‘lga olgan. 

O‘QING: Turli narx toifalaridagi eng zo‘r Android-smartfonlar ikkita reytingda (AnTuTu, 2021 yil noyabr) 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.