Tuya ko‘rdingmi — yo‘q, biya ko‘rdingmi — yo‘q!

Tuya ko‘rdingmi — yo‘q, biya ko‘rdingmi — yo‘q!

Samsung ilk marotaba 2020 yilda o‘zining Galaxy Z seriyasidagi buklanadigan smartfonlarini chiqarishni boshlagan va hozirgacha uning yangi avlodlarini chiqarib kelayotgan edi. Lekin zamon tez o‘zgarmoqda va hozirda bo‘layotgan Ukraina-Rossiya voqealari sabab bo‘ldi shekilli, Janubiy Koreya kompaniyasi ayrim Yevropa davlatlarida o‘z Galaxy Z modellaridan "Z" harfini olib tashlagani ma’lum bo‘ldi.

Samsung Latviya veb-sayti

Hozirda Litva, Latviya va Estoniya davlatlarining rasmiy Samsung veb-saytida Galaxy Z Fold 3 va Galaxy Z Flip 3 smartfonlari Galaxy Fold 3 va Galaxy Flip 3 nomiga yangilangan. Manbalarning xabar berishicha, kompaniya buklamafonlar qutilarini ham yangi nom bilan chiqarmoqda.

Samsung Estonia veb-sayti

Kompaniya nima uchun bunday qilgani haqida rasmiy xabar bermadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirgani va o‘z tanklari harbiy mashinalarida "Z" belgisini g‘alaba ramzi sifatida qo‘llayotgani sabab, ko‘plab yevropaliklar "Z" belgili yaqinda chiqarilgan istalgan mahsulotlarga negativ fikrlar bildirishmoqda va balki, Samsung ham aynan shu sabab o‘zining buklanadigan smartfonlarida Z harfini tushirib qoldirgan bo‘lishi mumkin. Lekin shuni ham aytish kerakki, hozirda Samsung Ukraina veb-saytida buklamafonlar Z harfi bilan turibdi.

Bundan avval Samsung Rossiyaga o‘z smartfonlarini yetkazib berishni ham to‘xtatgan edi.

O‘QING: Ortga nazar: Galaxy A80 - aylanuvchi kamerali noyob smartfon

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!