Twitter belgilar sonidagi cheklovni olib tashlamoqchi

Twitter belgilar sonidagi cheklovni olib tashlamoqchi

Mikrobloglar xizmati Twitterda postdagi belgilar soni 140tadan oshmasligi chegaralab qo‘yilgan. Kompaniya bu cheklovni 10 mingtaga yetkazish ustida bosh qotirmoqda. Mart oyida boshlab uzun postlar yozish imkoni taqdim etilishi mumkin.

Twitter rahbari Jek Dorsi bu xabarni tasdiqladi va foydalanuvchiga kengroq imkoniyat taqdim etish rejasi borligini qo‘shib qo‘ydi. Shuningdek, tvitterchilar, allaqachon, bu cheklovni aylanib o‘tish yo‘llarini topganliklarini qayd etdi. Foydalanuvchilar uzun matnlarni ekrandan ko‘chirma olib rasm sifatida tvitterga joylashni o‘rganib olishgan.

9 yil muqaddam Twitter ishga tushganda 140 belgi cheklovi kiritilgan. A’zolarning bir qismi bu cheklovni ma’qullaydi, chunki bu fikrni qisqa va lo‘nda ifodalashga undaydi. Ikkinchi taraf esa fikrni ifodalash uchun 140 belgi juda kamligiga e’tiroz bildirib keladi.

Twitter “chug‘urlash” ma’nosini anglatadi. Hozirda 500 mln foydalanuvchi qayddan o‘tgan. 140 mln faol a’zosi bor.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!