Twitter’da yangi funksiya ishga tushirildi

Twitter’da yangi funksiya ishga tushirildi

Twitter’ning mikroblog servisida kontent sifatini nazorat qilishga mo‘ljallangan filtr ishga tushirildi. Ushbu funksiya orqali axborot oqimini keraksiz tvitlardan tozalash mumkin bo‘ladi.

Filtrni sozlamalar menyusidan bevosita faollashtirish mumkin.

Twitter’dagi ushbu filtr spam va noma’qul kontentni aniqlaydigan maxsus algoritm asosida ishlaydi. Bundan tashqari, filtr ma’lum foydalanuvchilardan keladigan o‘xshash xabarlarni bloklashga yordam beradi. Masalan, bunday xabarlarga takror iqtiboslarni kiritish mumkin. Agar turli foydalanuvchilar aynan bir xil iqtiboslarni joylasa, yangiliklar lentasida ushbu tvit faqat bir martagina ko‘rsatiladi.

Natijada Twitter’dagi lenta turli spam va takrorlardan xoli bo‘lib, foydalanuvchining vaqti tejaladi, shuningdek, lentada faqatgina foydali xabarlar paydo bo‘ladi.

Xizmatda nafaqat tvitlarni o‘qish, balki ularni yozish bilan shug‘ullanadigan foydalanuvchilarga mazkur funksiya yanada qo‘l keladi. Chunki qaysi bloggerning blogi mazmunli bo‘lsa, shubhasiz, unga ergashuvchilarning soni ham ortadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!