Twitter o‘z asoschisining akkauntini bloklab qo‘ydi

Twitter o‘z asoschisining akkauntini bloklab qo‘ydi

The Verge saytining ma’lum qilishicha, mikrobloglar platformasi  Twitter bilan juda qiziq hodisa yuz berdi. Twitter asoschisi va rahbari Djek Dorsining (Jack Dorsey) tarmoqdagi @jack nomli akkaunti noma’lum sabablarga ko‘ra bloklab qo‘yildi. Akkaunt blokdan keyin 15 daqiqa o‘tgach qayta tiklangan.

Taxminlarning birida aytilishicha, Dorsining akkauntiga xakerlar hujum qilgan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun akkaunt bilan turli ko‘ngilsizliklar yuz berishining oldini olish uchun tizim uni vaqtincha bloklab qo‘ygan.

Oradan bir muddat o‘tgach, Dorsi ushbu holatga 2006 yilning 21 martida chiqarilgan Twitter‘ning eng birinchi tviti ko‘rinishida munosabat bildirgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!