Twitter'da reklamalarni to'liq o'chirish imkoniyati paydo bo'ladi

Twitter'da reklamalarni to'liq o'chirish imkoniyati paydo bo'ladi

Ilon Mask tez kunda Twitter'da yangi, qimmatroq Blue obunasi ishga tushirilishini e'lon qildi. Ma'lum bo'lishicha, u platformada reklamalarni to'liq o'chirish imkonini beradi.

Hozirgi Twitter Blue obunasiga to'xtaladigan bo'lsak, u foydalanuvchilarga ko'k rangli tasdiqlanganlik belgisi bilan birga reklamalarning faqat 50% o'chirilishi va boshqalar imkoniyatlarni taklif qiladi. Uning narxi (Amerikada) iOS va Android foydalanuvchilari uchun 11 dollar, veb foydalanuvchilari uchun 8 dollar, yillik obuna sotib olmoqchi bo'lganlar uchun esa 84 dollarni tashkil qiladi. Reklamalarni to'liq o'chirish imkonini beradigan yangi obuna esa bulardan qimmatroq bo'lishi aniq.

Afsuski, Twitter Blue obunasi O'zbekistonda mavjud emas.

Shuningdek, milliarder Twitter'da reklamalar juda tez chiqishini va ular juda katta ekanligini ta'kidladi va kelayotgan haftalarda bular to'g'rilanishini ma'lum qildi.

O'QING: Facebook va Instagram ayollarga siynalarini ochib tushgan suratlarini joylashga ruxsat beradi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!