Ubisoft nega suv quygandek jimjit bo‘lib qoldi?

Ubisoft nega suv quygandek jimjit bo‘lib qoldi?

O‘yin sanoati yangiliklari haqida xabar beruvchi insayder Tom Hendersonning aytishicha, Ubisoft Rainbow Six Siege shuter o‘yining mobil versiyasi ustida Xitoyning gigant o‘yin kompaniyasi Tencent bilan ishlamoqda. Fransiyalik kompaniya yangi o‘yinni 6-aprel kuni taqdim qiladi va ilk treyler, o‘yin ma’lumotlari bilan bo‘lishadi. Rainbow Six Siege Mobile tahminan 2023-yilda chiqarilishi mumkin.

Ubisoft hali ham Prince of Persia: The Sands of Time (Remake) ustida faol ishlayotganligi haqida aytilmoqda. Shu bilan birga, kompaniya "fors shahzoda"sining yangi qismini yaratayotganligi ma’lum qilindi. Yangi o‘yin Ori o‘yinidan ilhomlanib tayyorlanayotganligi va 2.5D ko‘rinishda bo‘lishi xabar berildi.

Shuningdek, Ubisoft yana o‘n beshtacha o‘yinlarni tayyorlab qo‘ygan:

  • Skull & Bones
  • Avatar: Frontiers of Pandora
  • The Division Heartland
  • sequel Immortals Fenyx Rising
  • Assassin's Creed RiftAssassin's Creed Infinity
  • Ghost Recon Frontline
  • XDefiant is no longer
  • Mario + Rabbids Sparks of HopeThe Crew 3
  • Roller Champions
  • a remake of Spinter Cell
  • Beyond Good and Evil 2The Division for smartphones

Fransiyalik kompaniya bularni shu yilning E3 - video o‘yinlar ko‘rgazmasida taqdim qilishi kutilmoqda.

O‘QING: Ilon Mask o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratadi(mi?)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!