Uch ekranli Galaxy X buklama smartfonining taqdimot vaqtini aytishdi

  •   DiMaX
  •  2194
  •  19.04.2018 16:19

Uch ekranli Galaxy X buklama smartfonining taqdimot vaqtini aytishdi

Janubiy koreyalik korporatsiya o‘zining buklanuvchi smartfoni – Galaxy X modelini CES 2018 ko‘rgazmasida taqdim etishini ko‘pchilik kutgan edi. Ammo bu tadbirda uning rasmiy namoyishi bo‘lib o‘tgani yo‘q, faqat qanaqadir yopiq yig‘ilishda Samsung ayrim kishilarga ushbu telefonni ko‘rsatgani aytilmoqda.

O‘QING: Samsung o‘zining Galaxy X buklama smartfonini «maxfiy yig‘ilish»da ko‘rsatdi

Shu kunlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Galaxy X qurilmasi buklanuvchi, har birining diagonali 3.5 dyuymlik ikkita ekranga ega bo‘ladi. Qurilma «ochilganida», ular birlashib, 7 dyuymlik yaxlit displeyga aylanadi. Yangi smartfon shu holida Galaxy Note 8 modeliga ko‘proq o‘xshab ketishi aytilayotir.

Shuningdek, Galaxy X tashqi tomonida yana bitta mini-ekran ham joylanadi. Smartfon «yopilganida», bu ekranchada har xil tezkor ma’lumotlar: bildirishnomalar, qo‘ng‘iroqlar, SMS va boshqalar aks etadi.

Samsung allaqachon bu model ustidagi ishlarning yakuniga yaqinlashib qolgan, demoqda manbalar. Galaxy X sinov namunalari shu yilning iyunida tayyor bo‘ladi, noyabr oyida esa uni ishlab chiqara boshlashadi. Devaysning taqdimoti 2019 yilning boshida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

O‘QING: Qualcomm Galaxy X'ning taqdiriga oydinlik kiritdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!