Uch ekranli Razer noutbuki CES 2017 ko‘rgazmasidan o‘g‘irlab ketildi

Uch ekranli Razer noutbuki CES 2017 ko‘rgazmasidan o‘g‘irlab ketildi

Kuni kecha poyoniga yetgan  CES 2017 ko‘rgazmasida bu yil juda ko‘p yangi va noodatiy gadjetlar taqdim etildi. Jumladan, Razer kompaniyasiga tegishli stend ko‘pchilik texnika ixlosmandlarining e’tiborini jalb qildi. Ayniqsa, kompaniya namoyish qilgan uch ekranli Project Valerie noutbuki va o‘yin uchun mo‘ljallangan Project Ariana proyektori boshqa qurilmalar orasida yaqqol ajralib turdi. Aftidan, mazkur qurilmalar kimgadir juda ma’qul kelgan shekilli, innovatsion gadjetlar ko‘rgazmaning so‘nggi kunida o‘g‘irlab ketilgan.

“Menga xabar berishlaricha, bizga tegishli ikkita prototip ko‘rgazmadagi burchagimizdan o‘g‘irlab ketilgan. Ayni paytda biz tashkilotchilar va xavfsizlik xizmati bilan ushbu masala ustida bosh qotirmoqdamiz”, – degan Razer rahbari Min Lyan Tan.

Eng qizig‘i, bunday holat Razer bilan birinchi marta ro‘y berayotgoani yo‘q. 2011 yilda kompaniyaning San-Fransiskodagi ofisidan ikkita Blade o‘yin noutbuklarining prototiplari ham o‘g‘irlab ketilgan edi.

Manba: engadget.com

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!