“Uchinchi avlod” dasturining bo‘lg‘usi amaliyotchilari uchun tashqi uchrashuv TATUda bo‘lib o‘tdi

“Uchinchi avlod” dasturining bo‘lg‘usi amaliyotchilari uchun tashqi uchrashuv TATUda bo‘lib o‘tdi

Beeline aloqa operatori «Uchinchi avlod» loyihasi taqdimoti ko‘lamiga Toshkent axborot texnologiyalari universitetining III va IV bosqich talabalari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqida ma’lum qiladi. Oliygoh talabalari savollariga Unitel‘ning tarmoqni ekspluatatsiya qilish xizmati rahbari Asan Abduraxmanov, biznes-ilovalarni testdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash markazi rahbari Yelena Poletayeva va hodimlar bilan ishlash va tashkiliy rivojlantirish direksiyasining mutaxassislari javob berishdi.

Eslatib o‘tamizki, «Uchinchi avlod» stajirovka dasturida ishtirok etish uchun arizalar [email protected] elektron manziliga O‘zbekistonning barcha oliygohlaridagi III va IV kurs talabalardan, shuningdek, yaxshi o‘zlashtirish darajasiga ega bo‘lgan magistrantlardan qabul qilinadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!