Uchinchi chorakda Samsung'ning daromadlari ham kamaydi, ham ko‘paydi

Uchinchi chorakda Samsung'ning daromadlari ham kamaydi, ham ko‘paydi

Kompaniyalar orasida eng oxiri bo‘lib, Samsung uchinchi chorakning moliyaviy hisobotini e’lon qildi.

Natijlar yillik daromad 56% ga kamayganini ko‘rsatmoqda. Iyul—Sentyabr oylarida "Uch yulduz"ning daromadi o‘tgan yilgi 17.57 trillion von (15.04 millirad AQSh dollari) dan 7.78 trillion von (6.58 milliard AQSh dollari) ga tushib ketdi. Keskin pasayishga sabab yarimo‘tkazgichlar va xotira kartalariga bo‘lgan talabning keskin tushib ketganligiga bog‘liq.

Ikkinchi tomondan esa, smartfon savdolarida o‘sish kuzatildi. Bunga, ayniqsa, Galaxy Note10 va A seriya qurilmalarining yaxshi sotilgani sabab bo‘ldi. Shunday qilib, kompaniya mobil telefonlar bo‘limining daromadi uchinchi chorakda 2.92 trillion von yoki 2.5 milliard dollarni tashkil qildi, bu 2018 yilning xuddi shu davridagidan 32% yuqoriroq ko‘rsatkichdir. Samsung'ning OLED displeylar biznesi ham o‘tgan yilgiga qaraganda muvafaqqiyatli bo‘ldi.Istiqbolga nazar tashlasak, keyingi yili kompaniya yarimo‘tkazgichlar bozorida o‘zgarish bo‘lishi hamda global miqyosda 5G qurilmalarga talabning oshishini kutmoqda. Bundan tashqari, buklanuvchan telefonlar hamda 5 va 7 nanometrli EUV chiplardan ham katta umid qilinmoqda. 

O‘QING: Samsung sir tutgan Galaxy S10 Lite hamyonbop flagmanini Geekbench fosh etdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!