Uchta Galaxy A smartfoni Android 12 tizimiga o‘tmoqda

Uchta Galaxy A smartfoni Android 12 tizimiga o‘tmoqda

Uchta Galaxy A smartfonlari Android 12 operatsion tizimiga asoslangan One UI 4.1 grafik qobig‘iga o‘tmoqda. Shuningdek, qurilmalar tizim bilan bog‘liq 65 ta zaiflikka barham beruvchi iyun oyi hafsizlik patchini ham qabul qiladi. 

Smartfonlarning ikkitasi 2020 yilda ishlab chiqarilgan Galaxy A21s va A02s modellari hisoblanadi. Qolgan bittasi esa shu yil taqdim etilgan Galaxy A03s. 

Yangi proshivka bilan ba’zi Samsung ilovalari takomillashadi. Misol uchun, Galereya ilovasida suratlarni albomlarga saralash osonlashadi, shuningdek, Hikoyalar funksiyasi yaxshilanadi. Bundan tashqari, suratga kiritilgan o‘zgartirishlari osongina bekor qilish mumkin bo‘ladi. Yaxshi maxfiylik funksiyalardan biri shuki, endi foydalanuvchi suratlardan qachon va qayerda olingan ma’lumotlarni o‘chirib tashlashi mumkin. 

Android 12 tizimining yana bir maxfiy funksiyasi biror bir ilova mikrofon va kameradan foydalanganini ko‘rsatib turadi. Yangi tizimda brauzerni maxfiy rejimda ishga tushirishi mumkin bo‘lgan yangi qidiruv vidjeti mavjud bo‘lib, agar ushbu parametr yoqilgan bo‘lsa, har qanday kuzatuvni bloklash mumkin. Samsung klaviaturasi endi Grammarly asosidagi til takliflarini taqdim etadi.

Ushbu proshivka, shuningdek, Tasvir ichidagi tasvir rejimini, Samsung vidjetlarini, taqvim ilovasini, qorong‘u rejimni yangilaydi. Galaxy A21s va A02s to‘liq One UI ​ 4.1 tizimiga o‘tadi, A03s esa One UI 4.1 Core tizimini qabul qiladi.

Proshivkaning model raqamlari quyidagicha:

Galaxy A21s - A217FXXU8DVF6

Galaxy A02s - A025FXXU4CVF4

Galaxy A03s - A037FXXU1BVFB

Uchala model ham to‘rt yillik xavfsizlik yangilanishlari bilan ta’minlanadi. Biroq ular uch yillik Android dastur yangilanishlari ro‘yxatida mavjud emas. Galaxy A21s va A02s modellari ikkita Android yangilanishini qabul qilib bo‘ldi. Endi ular Android 13 tizimiga o‘tmaydi. 

O‘QING: Galaxy S22 Ultra - eng ko‘p sotilgan Galaxy Note smartfoni 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!