Uhans U300 – charmli korpus, ajoyib dizayn, kuchli batareya

Uhans U300 – charmli korpus, ajoyib dizayn, kuchli batareya

Xitoyning Uhans kompaniyasi ham o‘ziga xos modellar bilan jahon smartfonlar bozoriga shiddat bilan kirib kelishda davom etmoqda. Kompaniya shu kungacha bir qator (U100, U200) modellarni bozorga chiqargan. Uhans modellari o‘zining tashqi ko‘rinishi bilan ko‘proq Vertu telefonlari eslatadi. Ammo kompaniyaning navbatdagi smartfoni butkul boshqacha dizaynga ega bo‘lishi haqida xabar berilgan.

417479_9PeBxz1ujMz1iLtz1tz0v56MtTaEeWsmPwuez0Tg7Q28jy7iz2lxIPxvK0aviIWtteZeO84Bt

Tez orada sotuvga chiqarilishi kutilayotgan U300 modeli chiroyli charm korpus,  MediaTek MT6750 protsessori va 4 GB tezkor xotira bilan ta’minlanadi. Bundan tashqari smartfonga yirik, 5000 mA/st sig‘imli batareya o‘rnatiladi. Unchalik baquvvat protsessorga qaramasdan Uhans mazkur modelni o‘zining flagman smartfoni deb nomlamoqda. Smartfon haqidagi qo‘shimcha tafsilotlar taqdimot kuni ma’lum etiladi. Hozircha Uhans U300 narxi haqida ma’lumot berilmagan.

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.