Ukraina Petya.A tovlamachi-virusi hujumida Rossiya maxsus xizmatlarini aybladi

  •   DiMaX
  •  1090
  •  02.07.2017 14:33

Ukraina Petya.A tovlamachi-virusi hujumida Rossiya maxsus xizmatlarini aybladi

Ukraina xavfsizlik xizmati fikricha, 27 iyun kuni boshlangan Petya.A virusi hujumida Rossiya maxsus xizmatlarining qo‘li bor. Mazkur virus asosan Ukrainaning davlat va xususiy muassasalari hamda kompaniyalarining tizimlariga hujum qilgan, deb xabar bermoqda Interfaks.

«Qo‘limizdagi ma’lumotlar, shu jumladan xalqaro antivirus kompaniyalari bilan hamkorlik doirasida olingan ma’lumotlar shunday xulosaga kelishga asos beradiki, bu hujumlarda ham 2016 yilning dekabrida TeleBots hamda Blackenergy viruslarini qo‘llagan holda Ukrainaning moliyaviy tizimiga, transport va energetika ob’yektlariga hujum uyushtirgan xakerlik guruhlarining qo‘li bor. Bu esa mazkur hujumga Rossiya maxsus xizmatlarining ham aloqasi mavjudligidan dalolat beradi», – deyiladi Ukraina xavfsizlik xizmati xabarida.

Mazkur xabarda aytilishicha, virus yuqtirish oldindan puxta rejalashtirilgan hamda Ukrainaning milliy davlat bayrami – Konstitutsiya kuni arafasida bir necha bosqichda amalga oshirilgan. Ushbu kiberhujum Ukrainadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni izdan chiqarish maqsadidagi harakat bo‘lgan.

Ta’kidlash kerakki, Petya.A virusi hujumlari asosan energiya ishlab chiqaruvchi hamda energiya bilan ta’minlovchi kompaniyalarning, transport ob’yektlarining, bank muassasalarining, telekommunikatsiya kompaniyalarining axborot infratuzilmalari ob’yektlarini nishonga olgan. U ko‘proq Rossiya va Ukrainadagi, shuningdek butun dunyodagi kompyuterlarga ziyon yetkazmoqda. Biroq uni kompyuterga yuqtirmaslikning oson yo‘li ham topilgan.    

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!