Ulefone Be Touch 3: barmoqni skanerlovchi hamyonbop 4G-smartfon

Ulefone Be Touch 3: barmoqni skanerlovchi hamyonbop 4G-smartfon

Xitoydan chetda tanilmagan Ulefone kompaniyasi yoz oxirida Be Touch smartfonining yangilangan versiyasini taqdim etdi. Yangi telefon Apple iPhone 6 Plusning dizaynini, deyarli, to‘liq ko‘chirgan. Texnik ko‘rsatkichlari yomon emas, narxi ham cho‘ntakbopligi xaridor diqqatini tortmasdan qolmaydi. Bugun mazkur smartfonning tavsifini keltiramiz.

Dizayn

Ulefone Be Touch 3ning oldidan ko‘rinishi iPhone 6 Plusga juda o‘xshash. Home tugmasi barmoqni skanerlaydi. Yonida esa Menu va Back sensor punktlari bor. Smartfon metall hoshiyali, old panelga Gorilla Glass 3 toblangan oynasidan qoplangan. Smartfon qirrasi bir oz yumaloqlashgan. Orqa panel plastikdan ishlangan. Panel markaziga kompaniya logotipi tushirilgan. Ovoz balandligini rostlash va quvvatlovchi tugmalari qurilmaning chap yonida bir-biriga juda yaqin joylashgan. Yuqorida MicroUSB porti va quloqchin ulagichi mavjud. Pastda esa dinamik va mikrofonga mo‘ljallangan tirqishlar bor. Boshqaruv tugmalari va ekran ishchi maydoni orasidagi qora chiziq displey ko‘rinishiga mos tushmagan.

Texnik tavsifi

Ulefone Be Touch 3 5,5 dyuymli HD displeyga ega, ekran sig‘imi 1920x1080. Corning Gorilla Glass 3 oynasi qoplangan. 8 yadroli MediaTek MT6753 protsessori bor. Protsessor takt chastotasi 1,3 GGs, tezkor xotira 3 Gb, umumiy xotirasi esa 16 Gb, 64 Gbli karta o‘rnatsa bo‘ladi. Grafik tezlatgich (uskoritel) Mali-T720. 13 megapikselli kameraga ega, frontal kamerasi 5 megapiksel.

Be Touch 3 Android 5.1 operatsion tizimida ishlaydi. Ikkita sim kartani qabul qiladi. Telefon LTE-tarmoqning barcha chastotalari bilan ishlaydi. Ikkala sim-karta sloti ham 4Gga mos keladi. Agar ikkalasi ham bir vaqtda faollashtirilsa, faqat biri LTE bilan, ikkinchisi GSM tarmog‘ida ishlaydi. Bundan tashqari, GPS, A-GPS, GLONASS modullari ham mavjud. Bluetooth 4.0 va Wi-Fi 802.11 b/g/n bor.

Telefon akkumulyatori 2550 mA·soat sig‘imga ega. Tez zaryadlash funksiyasi bor – elektr tarmog‘iga ulansa, 15 daqiqada batareya 35 foiz quvvat oladi. Qurilma o‘lchami 158,1 x 77,4 x 8,6 mm, vazni esa 160 gramm.

Xulosa

Agar kimdir iPhone 6 Plus modeliga ishqiboz bo‘lsa, ammo sotib olishni cho‘ntagi ko‘tarmasa, unda Ulefone Be Touch 3ni tanlash eng to‘g‘ri yo‘l bo‘ladi. Ammo bu model Osmonosti o‘lkasidan boshqa mamlakatda sotilmaydi, shu sababli internet orqali buyurtma berish zarur. Masalan, GearBest xizmatida narxi 199,99 dollar. “Olmafon”dan farq qilmaydi, yarashiqli g‘ilof kiydirsangiz bas.

Manba: mobinfo.uz

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

Хитой, GearBest хизмати $136 Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!