Ulefone Power: 6050 mAs batareyaga ega 180 dollarlik smartfon

Ulefone Power: 6050 mAs batareyaga ega 180 dollarlik smartfon

Ko‘plab Xitoy ishlab chiqaruvchilari o‘zlarining arzon narxli mahsulotlari bilan A sinfiga mansub brendlarni dog‘da qoldirishda davom etmoqda. Xitoy muhandislarining navbatdagi shov-shuvli mahsuloti — Ulefone Power smartfonining asosiy yutug‘i 6050 mAs sig‘imli akkumulyatori va tezkor quvvatlash tizimiga egaligidir.

Ishlab chiqaruvchilar smartfonning suhbat rejimida 63 soat, kutish rejimida esa 75 kun ishlashiga va’da bermoqda. Smartfon 5,5 dyuymli FullHD hamda qirralari egilgan Corning Gorilla Glass 3 2.5D shishasi bilan ta’minlangan.

Qobiqlari ostiga sakkiz yadroli 1,3 GGs, 3 Gb tezkor hamda 16 Gb doimiy xotirani o‘zida mujassamlashtirgan MediaTek MT6753 protsessori joylangan. Shuningdek, smartfon MicroSD uchun chiqish slotiga ham ega. 13 megapikselli asosiy kameraga f/1.8 diafragmali Sony IMX214 moduli qo‘llanilgan bo‘lsa, old kamera 5 Mp hajmdagi tasvirlarni olish imkoniga ega. Orqa kamera ostiga esa barmoq skaneri o‘rnatilgan. Wi-Fi va Bluetooth standartlaridan tashqari, IK-portdan turli maqsadlarda, masalan, universal boshqaruv pulti sifatida foydalanish mumkin.

Smartfon kelgusida 6.0 Marshmallow`ni yuklab olish imkoni ega Android 5.1 operatsion sistemasi asosida ishlaydi. Yangi mahsulot qora, oq va yog‘ochsimon ko‘rinishlarda sotuvga chiqariladi.

Xitoy internet-do‘konlarida smartfon bahosi 180 dollarni tashkil etmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!