Ulkan jangovar robotlarning haqiqiy jangi o‘tkazildi (video)

  •   DiMaX
  •  2181
  •  20.10.2017 17:35

Ulkan jangovar robotlarning haqiqiy jangi o‘tkazildi (video)

Fantastik filmlarda robotlarning insoniyatga yoki o‘zga sayyoralik kelgindilarga qarshi, yoxud o‘zaro jang qilganlarini ko‘p ko‘rganmiz. Kuni kecha Yaponiyada chindan ham ikkita odamsimon robotning o‘zaro olishuvi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi The Verge.

Unda AQShning MegaBots kompaniyasi roboti Yaponiyaning Suidobashi Heavy Industry kompaniyasi yaratgan robotga qarshi maydonga tushdi. Afsuski, 26 daqiqa davom etgan kurash kutilganidek juda qiziq bo‘lmadi, ammo uni tomosha qilishni xohlovchilar bisyor. Mazkur jangdan yozib olingan videorolikni YouTube’ga ham joylashdi.

Quyida shu olishuvni tomosha qilishingiz mumkin:

Tahlilchilar bu hali boshlanishi ekanligini, buyog‘iga turli robotlarning shunaqa janglari tobora ko‘p tashkil etilishi mumkinligini aytishmoqda. Omon bo‘lsak birga ko‘ramiz, bizdan uzoqlashmang!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!