«uMail.uz» foydalanuvchilari soni 401 ming kishidan oshdi

«uMail.uz» foydalanuvchilari soni 401 ming kishidan oshdi

«uMail.uz» pochta servisining foydalanuvchilari soni 401 ming kishidan oshdi. Bu haqda «Infocom.uz»ga asoslanib Daryo.uz xabar bermoqda.

Servisning talabgirligini uning «WWW.uz» reytingida 59-o‘rinni egallab turgani ko‘rsatadi, deyiladi xabarda.

Ko‘pchilik nafaqat veb-interfeys, balki pochta kliyentlaridan ham foydalanib kelmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!