UMS ICT Expo 2016 ko‘rgazmasida yuqori tezlikdagi “to‘rtinchi avlod” mobil Internetini taqdim etadi

UMS ICT Expo 2016 ko‘rgazmasida yuqori tezlikdagi “to‘rtinchi avlod” mobil Internetini taqdim etadi

ICT Expo 2016 ko‘rgazmasi 21-23 sentyabr kunlari poytaxtdagi «Ko‘rgazma savdo markazi» ko‘rgazmalar kompleksida bo‘lib o‘tadi.

ICTWEEK 2016 AKT haftaligi doirasida o‘tkazilayotgan ushbu tadbir soha yutuqlarini namoyon qilish, ishbilarmonlik doiralari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va o‘zaro qulay hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, AKT mahsulotlar va xizmatlari foydalanuvchilari bilan teskari aloqani kengaytirishga xizmat qiladi.

UMS mobil operatori ushbu ko‘rgazmada ilk bor ishtirok etadi hamda keng ommaga 4G LTE mobil Interneti imkoniyatlarini hamda bir qator mobil aloqa mahsulotlari va xizmatlarini namoyish qiladi.

– Ko‘rgazmada asosiy e’tiborni 4G LTE Internetiga qaratganimiz ostida katta ma’no bor, – dedi UMS MChJ tijorat direktori Sayyodjon Matkarimov. – UMSdata-operator sifatida O‘zbekiston mobil aloqa bozoriga eng yuksak texnologiyalarni tatbiq etishga, zamonaviy telekommunikatsiya servislaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga intiladi. Ushbu maqsadlarda 2016 yil 20 iyun kuni kompaniya Toshkent shahrida 4G LTE – “to‘rtinchi avlod” mobil Internetini ishga tushirdi. Tarmoq butun shaharni qamrab oldi hamda undan 4G tarmog‘ida ishlay oladigan mobil qurilmalarga ega har bir abonent xech bir ortiqcha shartlarsiz foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

UMSning 4G LTE tarmog‘ida eng yuqori tezlik 70 Mbit/cgacha chiqishi mumkin. Uning yordamida HD-videolarni ko‘rish, katta hajmdagi ma’lumotlarni ko‘chirib olish va yuklash, Internetdagi “og‘ir” fayllar bilan ishlash, vebinar va videokonferensiyalarda ishtirok etish, eng yuqori tezlikni hamda aloqaning a’lo sifatini talab etuvchi harakatlarni bajarish mumkin. Bu va boshqa ko‘plab imkoniyatlar ICT Expo 2016 ko‘rgazmasi doirasida namoyish etiladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.