UMS ofislarining bayram va dam olish kunlaridagi ish tartibi

  •   DiMaX
  •  2326
  •  30.12.2017 10:58

UMS ofislarining bayram va dam olish kunlaridagi ish tartibi

Yangi yil bayrami hamda dam olish kunlarida uyali aloqa operatorlarining ish tartibi qanday bo‘lishi abonentlar uchun muhim. Shuni inobatga olib, UMS aloqa operatori o‘z ofislarining ishlash tartibini o‘zining Facebook sahifasida e’lon qildi.

O‘QING: UMS korporativ mijozlari qanday qulayliklarga ega?

Xabarga ko‘ra, shu kunlarda ofislarning ish tartibi quyidagicha:

 30 va 31 dekabr, ya’ni shanba va yakshanba kunlari barcha UMS ofislari odatiy tartibda ishlaydi.

2018 yilning 1 yanvari, ya’ni dushanba esa dam olish kuni bo‘lib, UMS uyali aloqa operatorining ofislari ham ishlamaydi.

2018 yil 2 yanvar – seshanba kunidan boshlab UMS’ning barcha ofislari yana odatiy tartibda ishlaydi.

UMS abonentlari, shuningdek mazkur operator tarmog‘iga endi ulanmoqchi bo‘lganlar shu ish tartibiga ko‘ra ish kunlari, o‘zlariga qulay bo‘lgan vaqtda UMS ofislari xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

O‘QING: UMS: Mijozlar hisobidagi mablag‘lar noo‘rin sarflanishi ularning e’tiborsizligi tufayli yuzaga keladi