UMS yangi logotip ishlata boshladi

UMS yangi logotip ishlata boshladi

UMS uyali aloqa operatori o‘z logotipini o‘zgartirdi. Bundan buyon oq tuxum surati chizilgan qizil kvadrat o‘rniga kompaniya logotipi o‘rtasida UMS deb yozilgan oq kvadrat bo‘ladi. Bu haqida kompaniyaning Facebook’dagi sahifasida  xabar berilgan, deb Sputniknews-uz.com yozmoqda.

Bundan buyon, kompaniya logotipi o‘rtasida qizil harflar bilan UMS deb yozilgan oq kvadrat bo‘lib, uning atrofi qizil ramka bilan o‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Rossiyaning MTS kompaniyasi UMS tarkibidagi o‘zining 50,01 % ulushini O‘zbekiston Aloqa vazirligi nazorati ostida bo‘lgan korxonaga sotishga qaror qilgani haqida xabar bergan edik.

UMS kompaniyasi, unga berilgan litsenziyalarga ko‘ra, 2029 yilga qadar aloqa xizmatlari ko‘rsatishda davom etadi.