Umuman akkumulyatorsiz ishlovchi, «sun’iy ong»li mitti kamera taqdim etildi

  •   DiMaX
  •  1301
  •  16.02.2019 11:14

Umuman akkumulyatorsiz ishlovchi, «sun’iy ong»li mitti kamera taqdim etildi

Xnor kompaniyasi juda kichkina kamerani rasman namoyish etdi. Ixchamligidan tashqari, uning asosiy o‘ziga xosligi – to‘lig‘icha quyosh energiyasi asosida ishlashidir.

O‘QING: Oppo barcha smartfonlar uchun 10 karralik gibrid zum texnologiyasini tayyorladi (+video)

Xnor kamerasi taxminan 5 santimetr keladi: unda ob’yektiv ixcham plataga o‘rnatilgan. Bu platada esa quvvat olish uchun kichkinagina quyosh paneli ham bor – shuning o‘zi yetarli, akkumulyator yoki rozetkaning keragi yo‘q!

Ixchamligi va quvvatni kam ishlatishi evaziga Xnor kamerasi faqat 320x320 piksellik aniqlikdagina video yoza oladi. Ammo u «sun’iy ong» moduli bilan ham jihozlangan, undan harakatni aniqlovchi yoki ob’yektlarni kuzatuvchi datchik sifatida ham foydalansa bo‘ladi. Bu kabi vazifalar uchun ko‘p pikselli aniqlik ham, ko‘p quvvat ham talab etilmaydi.

Bu kameraning video suratga olish chastotasi quyosh nurining qanchalik yaxshi tushayotganligiga bog‘liq. Ochiq havoda u soniyasiga 32 kadr tezligida videoga ola biladi. Ya’ni, kunduzi uni uzluksiz ishlatish mumkin, tag‘in teppa-tekin quyosh nuri energiyasi bilan!

O‘QING: DxOMark selfi-kameralarni tekshira boshladi: eng zo‘r 12 ta selfifon bilan tanishing!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.