USB-C “kelajak porti”ga aylanish yo‘lida muhim qadam tashladi

USB-C “kelajak porti”ga aylanish yo‘lida muhim qadam tashladi

Kundalik turmush tarzimiz, ish jarayonida turli qurilmalarni o‘zaro bog‘lashga xizmat qiladigan kamida 3-4 xildagi, turli ko‘rinishga ega kabel – portlarga murojaat qilamiz. Ularning biri bilan telefon apparatini quvvatlantirsak, boshqasi orqali fotokameradan suratlarni ko‘chiramiz.

Biroq axborot texnologiyalari sanoatining yirik ishlab chiqaruvchilari barcha qurilmalarga xizmat qiluvchi yagona portni yaratish borasida muhim qadam tashladilar.

Bu bir nom bilan USB-C yoki “kelajak porti” deb atalmoqda.

Aloqa vositalarini va ularning qismlarini o‘zaro bog‘lashga xizmat qiluvchi USB-C – kichik hajmdagi, ikki tomonlama ulanish funksiyasiga ega universal kabel katta hajmli ma’lumotlarni tezkorlik bilan uzatadi.

Undan Apple’ning o‘ta yupqa MacBook hamda Google’ning Chromebook Pixel 2 noutbuk qurilmalarini quvvatlashga, ularning ma’lumotlaridan foydalanishda keng qo‘llaniladi.

Yaqindagina USB-C konnektorining yangilangan talqini Intel’ning Thunderbolt 3 ma’lumot almashish protokoliga mos tarzda takomillashtirildi. Shu bilan birga, Dell’ning joriy yil oktyabrida taqdim qilingan XPS 12, XPS 13 va XPS 15 kompyuterlari axborot texnologiyalari bozoridagi xuddi shunday super quvvatlantirgich portiga ega ilk qurilmalardir.

“Momaqaldiroq gumburi” ma’nosini anglatuvchi Thunderbolt Intel tomonidan ishlab chiqilgan apparat interfeysi, ya’ni ikki qurilmani o‘zaro bog‘lashga xizmat qiluvchi qurilma. Thunderbolt 3 sekundiga 40 gigabit ma’lumot uzatish salohiyatiga ega. Bu esa Thunderbolt 2’dan ikki barobar, USB 3.1 qurilmasidan 4 marotaba yuqori ko‘rsatkich. Bu katta hajmga ega 4,000 pikselli 4K formatidagi videolarni 30 soniyada o‘tkazishni anglatadi.

Shuningdek, Thunderbolt 3 qurilmasi bir vaqtning o‘zida HD formatdagi, 60 gersgacha bo‘lgan ikkita displeylarga ma’lumot uzata oladi, 100 vattgacha bo‘lgan  noutbuklarni tezkorlik bilan quvvatlantiradi.

2011 yilda namoyish qilingan va Apple’ning MacBook va Mac kompyuterlariga moslashtirilgan Thunderbolt hamda Thunderbolt 2 apparat interfeyslari USB Type C’ning yagona port missiyasini boshlab bergan ajdodlari hisoblanishadi.

Thunderbolt 3 hamda USB Type-C qurilmalarining imkoniyatlarini umumlashtirish Intel uchun katta muvaffaqiyat.

Thunderbolt hech qachon yuqori muvaffaqiyat cho‘qqisini zabt etmagan. Mutaxassislar uning USB Type-C bilan yaxlitlashuvini nafaqat o‘zining rivojlanishida, balki ma’lumot almashinuvi texnologiyasining taraqqiyotida ham muhim o‘rin egallashini aytishmoqda.