USB-C portiga ega bo‘lgan iPhone X sotuvga chiqdi

USB-C portiga ega bo‘lgan iPhone X sotuvga chiqdi

O‘tgan oy Shveysariya Federal Texnologiya Institutining robototexnika magistri Ken Pillonel USB-C portiga ega bo‘lgan iPhone X'ni ommaga namoyish etgan edi. Aynan ushbu smartfon kecha eBay'da kim oshdi savdosida sotuvga qo‘yildi. Uning narxi hatto 3950 dollargacha ko‘tarildi (narx bundan ham oshgan bo‘lishi mumkin). 

O‘QING: USB-C portili iPhone ko‘rganmisiz?

Ushbu qora rangdagi iPhone X 64GB xotira ega. Uning qutisi bor, biroq ichida hech qanday aksessuarlar yo‘q. 

Agar Pillonel USB-C portiga ega bo‘lgan iPhone'ni qanday yaratganini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, u ushbu jarayon yoritilgan videoni YouTube platformasiga yukladi. 

Qisqa qilib aytganda, muhandis Apple Lighting ulagichini, keyin esa Lighting ulagichining nusxasini qayta ishlab chiqdi, bu esa unga iPhone ichiga sig‘adigan port yaratishga imkonini berdi. 

Butun loyiha ochiq manba hisoblanadi va agar biror bir shaxs iPhone'ga USB-C portini o‘rnatmoqchi bo‘lsa, GitHub platformasida barcha yo‘riqnomalarni topishi mumkin. Shuningdek, Pillonel iPhone'larni USB-C porti bilan jihozlashni davom etishini aytdi. Hatto u  AirPods quloqchinlarini USB-C porti bilan jihozlash niyatida ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

O‘QING: TeraTavsif: Apple iPhone 13 Pro Max 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.