Usenet 2017 konferensiyasi yakunlari

  •   DiMaX
  •  1162
  •  26.04.2017 15:41

Usenet 2017 konferensiyasi yakunlari

25 aprel kuni Toshkentdagi International Hotel Tashkent mehmonxonasida Usenet 2017 konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘istondan yigirmadan ortiq mutaxassis chiqish qildi.

Bu yil to‘rtinchi bor o‘tkazilgan mazkur tadbirda qatnashish uchun rekord darajadagi – ikki mingdan oshiq ariza berilgan. Konferensiyada Yandeks, Beeline, Odnoklassniki, Dentsu Aegis Network, Green PR, CLICK, WEBNOW kabilarning top-menejer va ekspertlari so‘zga chiqdilar.

Konferensiya yangilangan formatda, birinchi va ikkinchi vaqatlarda joylashgan ikkita potokda parallel tarzda bo‘lib o‘tdi. An’anaga ko‘ra, konferensiyani Ledokol Group agentligi rahbari Dilshod Muzaffarov ochib berdi. Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatov so‘zga chiqdi.

Konferensiyaning muhim voqeasi «2017-2021 yillarda keng polosali mobil internet taraqqiyoti. 3G’ning kengaytirilishi, 4G’ning joriy etilishi va 5G’ga o‘tilishi» mavzusidagi davra suhbati bo‘ldi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Umidjon A’lamov, «Unitel» MChJ bosh direktori Dmitriy Shukov hamda Ledokol Group rahbari Dilshod Muzaffarov so‘z oldilar.

Dentsu Aegis Network rahbari Viktor Yeliseyev o‘z nutqida, o‘z biznesini raqamli kelajakka qanday tayyorlash kerakligi va to‘rtinchi sanoat inqilobidan qanday o‘zgarishlarni kutish mumkinligi xususida so‘z yuritdi.

myTarget reklama agentliklari bilan ishlash bo‘yicha yetakchi menejeri Aleksandr Strebkovning ma’ruzasi mo‘ljalli reklamani samarali qilish sirlari haqida bo‘ldi.

Ommabop TROLL.UZ pabligining asoschisi Umid Gafurov ijtimoiy medialardan daromad qilish haqida so‘z yuritdi.

Internet-marketing mavzusini Yandeks loyihalar menejeri Yekaterina Bogatireva davom ettirdi. Uning nutqi o‘zaro harakat qilishning jihozlari va zamonaviy formatlari to‘g‘risida edi.

CLICK bosh direktori Ulug‘bek Rustamov kompaniyalarda qo‘llaniluvchi mobil va internet-bankingning zamonaviy yechimlari haqida gapirib berdi.

Webnow.uz rahbari Sergey Shevchenko esa, saytda konversiyani oshirish usullari xususida nutq so‘zladi.

Ravshan Abdusalomov chiqishidan ma’lum bo‘lishicha, video-kontent qidiruv tizimlarida oddiy matndan ko‘ra 50 baravar yaxshiroq indeksatsiya qilinadi va sahifaga tashrifni 63 foizga oshiradi. Bunday kontent loyihalarni ilgari surish va ular orqali daromad qilish uchun anchagina samarali bo‘ladi.

Beeline Uzbekistan Digital yo‘nalishi rahbari Xayrulla Zaynutdinov bo‘lsa raqamli transformatsiya zarurati borasida ma’ruza qildi.

Ijtimoiy media monitoringi va tahlilining zamonaviy usullari xususida Public Media tahlilchisi Shahzod Muxtorov so‘zga chiqdi.

Konferensiyaning ko‘pchilik ishtirokchilari uchun UsabilityLab vakili Dmitriy Satinning yorqin chiqishi qiziq bo‘ldi. Uningcha, keyingi bir necha yil mobaynida texnologiyalar hayotimizni shunchalik o‘zgartirib yuborganki, buning natijalari foydalanuvchilarning ruhiyatida ham, fe’l-atvorida ham aks etayotir.

VRonica rahbari Akmal Solihov esa O‘zbekistonda VR-texnologiyalarning rivojlanishi to‘g‘risida aniq keyslarni misol keltirib nutq so‘zladi.

Green PR SMM agentligi bosh direktori Damir Xalilov messenjerlarda loyihalarni ilgari surish bo‘yicha foydali ma’lumotlarni berib o‘tdi.

Messenjerlarda chat-botlarni yaratish va rivojlantirish mavzusini Tweak startapi asoschisi Vladislav Ten davom ettirdi.

«Grotesk» studiyasi rahbari Azamat Shomuzaffarov O‘znetda pulli OAV obunasining qo‘llanilishi borasida fikrlarini bildirdi.

«Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘ining xalqaro biznesni rivojlantirish bo‘yicha menejeri Aleksey Kashevarovning ma’ruzasi esa ijtimoiy tarmoqning yangi servislari – onlayn-shou, TV-striming, 3D-niqoblarni yaratish kabilar xususida bo‘ldi.

LatMedia rahbari Jahongir Latipov hamda Avtech sotuvlar va marketing bo‘limi boshlig‘i Diana Qirg‘izboyeva muvaffaqiyatli keyslarni ishtirokchilar e’tiboriga havola etdilar.

Eslatib o‘tamiz, Konferensiya tashkilotchisi – Ledokol Group agentligi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi hamda UZINFOCOM markazi hamkorligida tashkil etildi. Bosh homiy – Beeline Uzbekistan, homiylar:  «Click» mobil banking tizimi, Star Screen kompaniyasi va «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘i. Usenet konferensiyasi axborot hamkori – «Terabayt.Uz» sayti.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!