Usenet konferensiyasida keng polosali mobil internet taraqqiyoti muhokama etiladi

  •   DiMaX
  •  703
  •  21.04.2017 15:34

Usenet konferensiyasida keng polosali mobil internet taraqqiyoti muhokama etiladi

25 aprel kuni Usenet konferensiyasi doirasida «2017-2021 yillarda keng polosali mobil internet taraqqiyoti. 3G’ning kengaytirilishi, 4G’ning joriy etilishi va 5G’ga o‘tilishi» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuvda muhokama etiladigan masalalar qatorida O‘zbekistonning barcha yirik shaharlarida LTE tarmog‘ining joriy etilishi – muddatlar,  texnologiyalar, investitsiyalar ham mavjud. Shuningdek, M2M-yechimlar bozorining hajmi, «Buyumlar interneti»ning taraqqiyoti masalalari ham ko‘riladi. Bulardan tashqari, 2017-2021 yillar uchun Harakatlar strategiyasi doirasida keng polosali internetni boshqarish masalalari ham muhokama qilinadi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Umidjon A’lamov, Unitel bosh direktori Dmitriy Shukov, UZMOBILE bosh direktori Vladimir Kravchenko so‘zga chiqadilar.

Konferensiya tashkilotchisi – Ledokol Group agentligi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi hamda UZINFOCOM markazi hamkorligida tashkil etilmoqda. Bosh homiy – Beeline Uzbekistan, homiylar:  «Click» mobil banking tizimi va «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog‘i. Usenet konferensiyasi axborot hamkori – «Terabayt.Uz» sayti.

Tadbirda qatnashish bepul. Kirish qat’iyan taklifnomalar asosida. Ishtirok etish uchun konferensiya saytida ariza berish zarur. O‘tkazish sanasi va joyi: 25 aprel, International Hotel Tashkent mehmonxonasi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!