Ushbu davlat eng birinchi bo'lib 6G tarmog'ini ishga tushiradi

Ushbu davlat eng birinchi bo'lib 6G tarmog'ini ishga tushiradi

Ayrim davlatlar endigina 5G tarmog'ini o'zlashtirayotgan bir vaqtda Janubiy Korea o'zining 6G tarmog'ini 2028-yilda ishga tushirishi e'lon qildi (GSMArena orqali). Davlatning Fan va AKT vazirligining xabar berishicha, bu jahon darajasidagi texnologiya, ilg'or dasturiy ta'minotga asoslangan yangi avlod mobil tarmoqlar va tarmoq ta'minot zanjirlarini mustahkamlash orqali amalga oshiriladi.

Ma'lum bo'lishicha, Janubiy Koreya hukumati mahalliy kompaniyalarni 6G tarmog‘ini rivojlantirish uchun materiallar, butlovchi qismlar va uskunalar ishlab chiqarishga rag‘batlantiradi. Shuningdek, davlat yangi avlod aloqa tarmog'ini qo'llab-quvvatlash uchun ta'minot zanjirini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

6G texnologiyasini o'rganish allaqachon boshlab yuborilgan. Loyiha 625.3 milliard von yoxud 482.1 million dollarga baholanmoqda.

Ericsson Xitoy texnologiyalari departamenti bosh direktori o'rinbosari Chjan Yongtaoning so‘zlariga ko‘ra, 6G virtual va haqiqiy olamlarni birlashtiradi. Uning ta'kidlashicha, 6G gologramma aloqani ilmiy fantastikadan haqiqatga olib keladi.

O'QING: Raqamli O‘zbekiston 2023 yilda: Internet statistikasi