Ushbu smartfon suyuqlikli sovutish tizimiga ega bo‘ladi

Ushbu smartfon suyuqlikli sovutish tizimiga ega bo‘ladi

Ma’lum bo‘lishicha, Realme o‘zining birinchi 5G smartfonini 25-yanvarga qadar taqdim etmoqchi. Ammo, hozirda Realme X50'ning aniq taqdimot sanasi sir tutilmoqda, yangilikning xususiyatlari esa qizg‘in bahslarga sabab bo‘lmoqda.

Avvalroq, ishlab chiqaruvchi smartfon Snapdragon 765G chipiga ega bo‘lishini tasdiqlagan edi, endi esa uning sovutish tizimi haqida ma’lumot berishga qaror qildi. Xususan, Realme X50 besh o‘lchamli suyuqlikli sovutish tizimi bilan jihozlangan, bu asosiy issiqlik manbalari 100% qamrab olinishini ta’minlaydi.Tizim asosini 8 millimetrlik mis trubka tashkil etadi. Amalda, ushbu tizim davomiy yuklama paytida qurilmaning haddan tashqari qizib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Hozirda mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Realme X50 32 + 8 megapikselli selfi moduli uchun 6,44 dyuymli oval tirqishga ega AMOLED displey; 6/8GB operativ,128/256GB li doimiy xotira va 64 megapikselli Sony IMX686 sensori bo‘lgan asosiy kamera, shuningdek, qo‘shimcha 8MP + 2MP + 2MP kameralar bilan jihozlanadi.

Qurilma 4500 mA /soat yoki 5000 mA / soat batareya bilan jihozlanishi kerak. Yangilikning asosiy raqobatchilari qatorida Redmi K30 bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

O‘QING: Realme 5s taqdim qilindi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!