O‘tmishga nazar: Sony qanday yaratilgan?

O‘tmishga nazar: Sony qanday yaratilgan?

Ayni paytda kundalik turmushimizni texnik vositalarsiz tasavvur qilish juda qiyin. Texnologiyalar shu qadar rivojlanib bormoqda, hatto ba’zi bashoratlarga ko‘ra ular yaqin kelajakda sanoatda butunlay insonlarning o‘rnini egallashi ham mumkin ekan. Albatta, bunday darajaga yetishish jahon sanoati uchun oson kechmagan. Mazkur maqolada dunyo texnika va texnologiya sohasiga salmoqli hissa qo‘shgan Sony kompaniyasi to‘g‘risida gaplashamiz.

Sony kompaniyasi 1946 yilda muhandis Masaru Ibuka va fizik Akio Morita tomonidan yaratilgan. Muhandis va fizik bir-birini ikkinchi jahon urushigacha ham yaxshi tanishgan. Ular birga yapon armiyasining olimlar guruhida xizmat qilishgan edi. Garchi firmaga Yaponiyaga ulkan yo‘qotish va zarar keltirgan ikkinchi jahon urushidan keyin asos solingan bo‘lsa-da, yangi innovatsiyalar va aqlli biznes yuritish usullari unga katta muvaffaqiyat keltirdi.

810ea0aeb7935f

Ibuka va Morita kompaniyani boshqarishda “bo‘lib tashla va hukmronlik qil” qoidasiga amal qilishdi: Ibuka o‘zini yangi mahsulot va texnologiyalarni yaratishga baxsh etgan bo‘lsa, Morito marketing va savdo masalalari bilan shug‘ullandi. Keyinchalik Akio Morito o‘zining “Yaponiyada ishlab chiqarilgan” nomli memuarida Masaru bilan tanishishni hayotidagi eng mazmunli voqea sifatida qayd qilgan edi. Firmani avvalida “Tokio susin kogyo” nomi bilan yuritishadi.

Boshida firmada bor-yo‘g‘i 20 ta xodim mehnat qilgan. Xodimlar bir-bir bilan juda inoq bo‘lishgan. Jamoadagi bundan ahillikni shakllantirishda Moritoning xizmatlari beqiyos bo‘lgan. Hatto hozirgacha xodimlar uning fikrlarini hurmat qilishadi. Sony boshqa yapon kompaniyalaridan farqli ravishda har doim yangi g‘oya va innovatsiyalarga ochiqligi bilan farqlanib turgan.

Eng qizig‘i, firma o‘zining ilk yillarida Tokio markazidagi yonib ketgan univermagning 4 qavatida joylashgan edi. Biroq tez orada shahardagi eski mavzega ko‘chib o‘tadi. Garchi Moritoning qarindoshlari uni uzoqni ko‘ra bilmaganlikda ayblashgan bo‘lsa-da, otasi unga firmani oyoqqa turgizish uchun qarz berib turgan. Albatta, firma tashkil etilganidayoq u o‘z xarajatlarini oqlamagan, Ibuka va Morito texnika bozori uchun noodatiy va yangi mahsulotlarni yaratguncha bir necha yillar o‘tib ketgan.

Sony 1950 yilda birinchi lentali magnitofonni sotuvga chiqaradi. Qurilmaning og‘irligi 35 kg bo‘lib, narxi 170000 (472 dollar) iyena edi. Garchi qurilma imkoniyatlari bilan barchani hayron qoldirgan bo‘lsa ham, magnitofonning narxi o‘sha davr uchun bag‘oyatda qimmat edi. Shunda firma asoschilari texnika bozorida muvaffaqiyat qozonish uchun innovatsiyalarning o‘z yetarli emasligini tushunib yetishadi. Shunday bo‘lsa ham, Morita Yaponiya Oliy sudiga 20 ta magnitofonni sotishga muvaffaq bo‘ladi. O‘sha davrda stenograflarning tanqisligi Oliy sudga magnifonlarni xarid qilishga turtki beradi.

1952 yilda Ibuka va Morita yangi texnologiyalar bilan tanishish uchun AQShga safar qilishadi. 1955 yilda esa asoschilar firma nomini Sony’ga o‘zgaritishadi. Bunga sabab chet ellik hamkor va xaridorlarning yaponcha nomni yaxshi talaffuz qilmasligi edi.

qwer

1955 firma tarafidan ilk tranzistorli radio-priyomnik, 1960 yilda esa birinchi tranzistorli televizor ishlab chiqariladi. Tranzistorlar lampada ishlaydigan yirik hajmli televizorlarning o‘lchamini kichraytirishga yordam beradi.  1968 yildan boshlab Sony kinekopli rangli televizorlarni tayyorlashni boshlaydi. 1983 yilda bo‘lsa firma Philips bilan hamkorlikda ilk kompakt-disklarni yaratadi.

sony11

1994 yilda esa yapon bozoriga ilk PlayStation o‘yin-pristavkalari chiqariladi. 2001 yilda Sony mobil telefonlar ishlab chiqarish maqsadidai Shvetsiyaning Ericsson kompaniyasi bilan hamkorlikni boshlaydi

Bugungi kunda esa firma yuksak texnologiyadagi bir qator qurilmalarni ishlab chiqarishda davom etmoqda. Ikkita olimning o‘zaro hamkorlikda inoq ishlashi, bir-birini tushunishi, shug‘ullangan ishiga jiddiy qarashi natijasida jahonga mashhur mana shunday yirik konsern dunyoga keldi. Vikipediya ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Sony kompaniyasida 140 mingdan ortiq ishchi mehnat qilmoqda. 2015 yilda kompaniyaning sof daromadi 1,28 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!