Salkam 50 yoshli uyali telefonlar tarixi

Salkam 50 yoshli uyali telefonlar tarixi

Bugungi kunda smartfonlar hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi, lekin yaqinda bunday qurilmalar hatto mavjud emas edi. 1990 yilda mobil aloqadan foydalanuvchilar soni 11 million atrofida bo‘lgan bo‘lsa, 2020 yilga kelib bu raqam 2,5 milliardga yetdi. Xo‘sh, biz bu yerga qanday keldik? Qanday qilib biz ipdagi konserva bankasidan butun dunyo kaftimizda bo‘lishigacha erishdik? Keling uyali telefonlar tarixi bo‘ylab sayohat qilamiz.

Birinchi portativ uyali telefon 1973 yilda Motorola tomonidan ixtiro qilingan. 1973 yil 3 aprelda Motorola  muhandisi Martin Kuper DynaTAC 8000X portativ telefonida birinchi qo‘ng‘irog‘ini amalga oshiradi. U foydalangan prototipning og‘irligi 2,4 funt (1,1 kg), o‘lchami esa 23 x 13 x 4,5 sm bo‘lib, unda atigi 30 daqiqa gaplashish mumkin edi va uni quvvatlash uchun 10 soat kerak bo‘lardi. DynaTAC telefoni o‘sha paytda 3995 dollarga baholangan, bu bugungi kunda 10 000 dollarga teng.

1985 yilga kelib, Siemens kompaniyasi o‘zining chamadon ko‘rinishidagi Siemens Mobiltelefon C1 telefonini chiqardi.

Oradan ikki yil o‘tib, 1987 yilda Nokia o‘zining Mobira Cityman 900 nomli birinchi mobil telefonini taqdim etdi. Telefon batareyasi bilan birga atigi 800 gramm og‘irlikda bo‘lib, o‘sha vaqtda qimmat va eksklyuziv hisoblangan.

Bir yildan keyin esa, 1988 yilda Samsung o‘zining birinchi "qo‘l telefoni" — SH-100 ni ishlab chiqdi. Bu Koreyada ishlab chiqarilgan birinchi mobil telefon edi.

Ana shunday "g‘isht" uslubidagi ko‘plab uyali telefonlardan so‘ng, Motorola o‘zining yangicha MicroTAC — ochilib yopiladigan dizayndagi telefoni bilan bozorga yangilik olib kirgan.

Shunday qilib, 90 yillarda telefon korpuslari kichrayib, antennalar yupqalashdi. 1992 yilda chiqarilgan Nokia 1011 birinchi ommaviy ishlab chiqarilgan GSM (2G) telefoni bo‘ldi.

Ilk smartfonlar qachon chiqarilgan deb o‘ylaysiz? Yo‘q, ular 2000 yillardan oldin yaratilgan. Birinchi smartfon ko‘pchilik tasavvur qilganidan ancha oldin, 1994 yilda IBM tomonidan taqdim etilgan va u kompaniyaning Simon ilovasi va sensorli ekraniga ega bo‘lgan. Shoshilgan qiz erga yalchimas deganlaridek, erta chiqarilgan smartfon bozorda trendga chiqa olmagan, aksincha, oddiy, tugmali telefonlar yanada mashhurlashishda davom etgan.

9.png1996 yilda Motorola birinchi vibratsiya rejimiga ega StarTAC telefonni chiqardi.

Shuningdek, xuddi shu yilda Nokia ilk QWERTY klaviaturasiga ega Communicator 9000 telefonini taqdim qildi. Telefon klaviaturadan tashqari, elektron pochta, veb-brauzer, faks, matnni qayta ishlash kabi ko‘plab biznes bilan bog‘liq funksiyalarni ham qo‘llab-quvvatlagan.

1997 yilda tashqi antennasiz birinchi telefon: Hagenuk GlobalHandy chiqarilgan bo‘lsa, 1988 yilda Siemens S10 — rangli ekranga ega bo‘lgan birinchi uyali telefoni ishga tushirildi. O‘sha yili uchinchi avlod mobil tarmog‘ining ishga tushirilishi yana bir katta voqea bo‘ldi.

13.pngBir yildan keyin esa Motorola Timeport 3G ni qo‘llab-quvvatlaydigan birinchi telefon bo‘ldi. Motorola bu yangi texnologiyani o‘z telefonlariga kiritgan yagona kompaniya emas edi.

Nokia 7110 telefoni internetga kirish imkonini beruvchi brauzerga ega bo‘lgan birinchi uyali telefonini chiqardi.

99 yilda Samsung ham yaxshigina shovqin solgan. U MP3 pleyer va telefonni birlashtirib, musiqa tinglash imkonini beruvchi ikkitasi birda bo‘lgan Samsung SPH-M100 Uproar ni taqdim qilgan.

Nokia'ning 5210 telefoni o‘zining suv sachralishiga jidamli tanasi bilan o‘sha yilning yana bir yangiligi bo‘lgan.

Aynan shu yili dunyodagi birinchi GPS xususiyatiga ega Benefon Esc! ham taqdim qilingan.

Bugungi smartfonlarini usiz tasavvur qilib bo‘lmaydigan xususiyat, kameralar, birinchi bo‘lib Kyocera VP-210 VisualPhone telefoni bilan chiqarilgan. U old tomonda atigi 0.110MP bo‘lgan kameraga ega edi. Ha, 99 yil telefon bozori ana shunday innovatsiyalarga boy bo‘lgan.


XXI asrga kelib, telefonlar yanada kichikroq va yengilroq bo‘la boshlagan. Aynan 2000 yilda barcha davrlarning eng mashhur telefonlaridan Nokia 3310 sotuvga chiqarilgan. Shundan keyin, 2001 yilda radio va kalendarga ega birinchi telefon: Nokia 8310, Bluetooth'ni qo‘llab-quvvatlaydigan birinchi telefon: Ericsson T39 chiqarilgan.

2005 yilga kelib, birinchi suvga chidamli telefon chiqarilgan. Casio G'zOne bir metrgacha suv ostida tura olar edi.

Mobil telefonlar tarixidagi eng katta voqealardan biri 2007 yilda bo‘lib o‘tdi. iPhone 2G nomi bilan tanilgan birinchi iPhone ishga tushirildi va sensorli interfeys foydasiga ko‘pgina jismoniy apparat tugmalari olib tashlanganligi ko‘pchilikni hayratda qoldirdi.

Bir yil o‘tgach, birinchi Android telefoni HTC Dream ham ishga tushirildi.

Undan yana bir yil o‘tib, Samsung o‘zining birinchi Galaxy smartfoni: Samsung GT-I7500 ni taqdim qildi.

2010 yilda esa Sony Ericsson mobil o‘yin bozorini nishonga oldi va o‘yin tajribasiga qaratilgan o‘yin konsoliga o‘xshash Sony Ericsson Xperia Play telefonini yaratdi.

2011 yilda Xiaomi o‘zining ilk telefoni — Mi 1 telefonini chiqardi.

2013 yilda Apple barmoq izini aniqlash texnologiyasiga ega bo‘lgan iPhone 5S smartfonini taqdim qildi.

2014 yilda birinchi OnePlus o‘zining birinchi smartfonini (One) sotuvga chiqardi.

2015 yilda Samsung egri qirralari displeyga ega bo‘lgan birinchi smartfon, Galaxy S6 Edge ni taqdim qildi.

Google'ning birinchi smartfoni Pixel bo‘lmagan, u 2015 yilda Nexus 5X smartfonlarini chiqargan.

2016 yilda Apple iPhone 7 Plus ni chiqardi va u quloqchin uyasi ega bo‘lmagan birinchi smartfon edi.

2017 yilda Asus birinchi bo‘lib, 8GB operativ xotiraga ega Zenfone AR ni,

Nokia o‘zining 3310 telefoni qayta ishlangan versiyasini,

Apple birinchi simsiz zaryadlana oladigan iPhone - iPhone 8 ni,

keyin esa Touch ID o‘rniga yuzni aniqlash texnologiyasi, Face ID ga ega iPhone X smartfonini taqdim etdi.

Aynan shu yili ikki ekranli ZTE Axon M ham chiqarildi va bu o‘sha payt uchun bu inqilobiy edi.

2018 yilda Huawei P20 Pro smartfoni chiqarildi va u ilk uch kameraga ega edi.

Shu yili birinchi bo‘lib ekran osti barmoq izi sensorini o‘z ichiga olgan Vivo X20 Plus UD ham taqdim qilindi.

2019 yilda 5G tarmog‘i ishga tushirildi va u bilan ishlaydigan Samsung Galaxy S10 5G smartfonlari chiqarildi.

O‘sha yili haqiqiy buklanuvchi Samsung Galaxy Fold smartfonlari dunyo yuzini ko‘rdi.

Birinchi 108MP kamera sensoriga ega Xiaomi Mi Note 10 ham shu yilda chiqarilgan edi.

2020 yilda ZTE ilk ekran osti kamerasiga ega Axon 20 5G va 144Hz ekran yangilanishiga ega ZTE nubia Red Magic 5G smartfonini bozorga chiqardi.

OnePlus esa o‘zining dunyodagi ilk AR (kengaytirilgan reallik) ga ega Nord smartfonini taqdim qilgandi.

Shuningdek, LG o‘zining T shaklidagi ikki ekranli Wing 5G smartfonini ham 2020 yilda chiqargandi.

2021 yilda dunyodagi ilk 1TB xotirali ZTE Axon 30 Ultra taqdim qilindi.

Bu yilda Oppo o‘zining kengayadigan ekranli Oppo X smartfoni konseptini chiqardi.

Xiaomi o‘zining ilk ekran osti kamerasiga ega Mi Mix 4 smartfonini sotuvga chiqardi.

Samsung to‘rtinchi avlod Galaxy Z Fold va Z Flip buklamafonlarini namoyish qildi.

2022-yilda iQOO smartfonni 10 daqiqada 100% quvvatlash imkoni beruvchi 200 Vt quvvatlash texnologiyasiga ega iQOO 10 Pro'ni chiqardi. Mana bugungi kunga ham yetib keldik. Yaqinda Apple kompaniyasi o‘zining iPhone 14 smartfonlarini SIM-karta uyalarisiz taqdim qildi. Motorola birinchilardan bo‘lib, 200MP kamerali smartfon chiqardi, lekin ellik yillik evolyusiyadan keyin ham biz smartfonlarda ko‘rishni istaydigan yangiliklar bor. Turli qismlarga bo‘linadigan smartfon, ichki dron kamerali smartfon va hokazo... Bizni kuzatishda davom eting.

O‘QING: Qachon Apple ham buklamafon chiqaradi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.