.UZ domeniga 24 yil to‘ldi

.UZ domeniga 24 yil to‘ldi

Toshkent shahrida «Yagona integrator UZINFOCOM» MChJ hamda ICANN (AQSh) internet-korporatsiyasi va Avstraliyaning milliy domeni ma’muri — auDA kompaniyasi ko‘magida Osiyo-Tinch okeani yuqori darajali domenlar uyushmasi APTLD tomonidan tashkillashtirilgan xalqaro texnik konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali xabar beradi.

Konferensiyada AEServer (BAA) kompaniyasi, Afilias (Irlandiya), GransyS.R.O (Chexiya), Misr telekommunikatsiya sohasi regulyatorlari, milliy domenlarni muvofiqlashtirish markazi (Rossiya) hamda Afg‘oniston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar vzirligining vakillari hamda Afg‘onistonning .AF milliy domeni ro‘yxatdan o‘tkazuvchisi (registrator) vakillari ishtirok etishmoqda.

Tadbir dasturida DNSSEC (domen nomi tizimining DNS prtokoli uchun xavfsizlik kengaytmasi majmui) masalalari bo‘yicha, shuningdek, milliy domenlarda marketing qarorlarini amalga oshirishda eng yaxshi amaliyotlar bo‘yicha treninglar va seminarlar o‘tkazilyapti. Bundan tashqari, .AF domen vakillari uchun Afg‘oniston xalqlarining milliy alifbolarini qo‘llash orqali milliy domenlarni rivojlantirish bo‘yicha treninglar tashkil etiladi.

«UZINFOCOM» MChJ bosh direktori J.Rahimovning qayd etishicha, Toshkentda bunday turdagi konferensiyaning o‘tkazilishi O‘zbekistonning mintaqada AKT va internet sohasidagi ilg‘or tajribalar markaziga aylangani, uning domen sohasi rivojidagi roli mintaqaviy va global miqyosda tan olinganining belgisidir.

«Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi milliy domen registratorlari jamoalari o‘rtasida amaliy hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish imkonini beruvchi ushbu novator konferensiyani o‘tkazishga imkoniyat yaratgani uchun O‘zbekiston hukumati va «UZINFOCOM» kompaniyasiga minnatdorlik bildiramiz» – dedi APTLD ijrochi direktori L.Todorov.

O‘ndan ziyod xorijiy mamlakatlar a’zolari ishtirokida o‘tkazilayotgan konferensiya 28 aprelga qadar davom etadi.

Ma’lumot uchun: 1995 yilda internet tarmog‘ida domen zonalarini taqsimlashni nazorat qilgan Janubiy Kaliforniyaning informatika instituti universiteti .UZ milliy domen yaratish bo‘yicha talabni tasdiqladi. Bugungi kunda .UZ domeniga 24 yil to‘ldi.

2003 yilning mart oyidan boshlab « UZINFOCOM» MChJ .UZ milliy domenining ma’muri hisoblanadi.

Milliy domenni ma’murlash huquqi ICANN internet-korporatsiyasi bilan imzolangan bitimga muvofiq taqdim etilgan. Hozirgi kunda .UZ zonasidagi domenlarni ro‘yxatdan o‘tkazish xizmatlari 24 ta tashkilot tomonidan ko‘rsatilmoqda.

O‘QING: «Uzinfocom» domenlarni ro‘yxatga olish faoliyatini to‘xtatdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!