O‘zbek fermerlari quyoshdan energiya olmoqda

O‘zbek fermerlari quyoshdan energiya olmoqda

2013 yilning 1 martida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilingandi. Mazkur hujjatga muvofiq, Respublikaning barcha mintaqalarida muqobil energiya manbalaridan foydalanish borasida bir qator amaliy ishlar qilinmoqda. Ijtimoiy soha inshootlari, ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi tizimlarida quyosh, shamol va boshqa muqobil energiya manbalaridan foydalanish keng yo‘lga qo‘yilmoqda.

Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidagi “Povulg‘on bo‘stoni” fermer xo‘jaligida ham quyosh panellari yordamida energiya olinayapti. “Bu, ayniqsa, tog‘li hududlar va qir-adirlarda bog‘dorchilik, sabzavotchilikni rivojlantirish imkoniyatini yanada kengaytiradi”, deb xabar beradi O‘zbekiston milliy axborot agentligi rasmiy sayti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda ko‘chatlar quyosh panellari yordamida quduqdan chiqarilayotgan suv bilan sug‘orilmoqda. Elektr va suv ta’minotidagi uzilishlar bartaraf etilgan va hosildorlik ham oshgan. Fermer xo‘jaligi rahbari Dilshod Oxunjonovning ta’kidlashicha, bu yil fermer xo‘jaligida tomchilatib sug‘orish usuli ham yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, joriy yilda viloyat hududida 2 ta biogaz qurilmasi, 1 ta energiya tejaydigan nasos hamda suv isitish kollektori qurilishi rejalashtirilgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!