O‘zbekiston “elektron hukumat” yaratishda Britaniya tajribasini o‘rganadi

O‘zbekiston “elektron hukumat” yaratishda Britaniya tajribasini o‘rganadi

So‘nggi yillarda BMTning jahon mamlakatlarida “elektron hukumat” tizimini joriy etilishiga oid reytingda Buyuk Britaniya, Avstraliya, Koreya Respublikasi kabi davlatlar peshqadamlik qilib kelishmoqda. O‘zbekiston ham bu borada yetakchilikka erishish maqsadida, xalqaro hamkorlikni mustahkamlanmoqda.

Jumladan, 13 mart kuni Toshkent shahrida Buyuk Britaniya tajribasi misolida davlat xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha trening bo‘lib o‘tdi. Vazirlik va davlat idoralarining mas’ul mutaxassislari ishtirok etgan treningda Buyuk Britaniyaning Raqamli rivojlanish bo‘yicha davlat xizmati ekspertlari Britaniyada “elektron hukumat” tizimining joriy qilinishi, davlat xizmatlarini optimallashtirish bo‘yicha tajribani so‘zlab berdilar. Shuningdek, trening davomida “elektron hukumat”ni rivojlantirish bo‘yicha Buyuk Britaniyani jahonning yetakchi mamlakatlaridan biriga aylantirgan “Raqamli o‘tish dasturi”ga bag‘ishlangan taqdimotning o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Trening 17 martga qadar davom etadi. Uning doirasida o‘tkaziladigan “Buyuk Britaniyaning raqamli xizmatlarga o‘tish bo‘yicha tajribasi” mavzusida davra suhbatida trening natijalari sarhisob qilinib, O‘zbekistonda davlat xizmatlarini raqamlashtirishda Buyuk Britaniya tajribasini tatbiq etish bo‘yicha hamkorlik qilish istiqbollari yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi.

Manbaa: O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot xizmati.

 

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!