O‘zbekiston foydalanuvchilari uchun Google servislarining sifati yaxshilanadi

O‘zbekiston foydalanuvchilari uchun Google servislarining sifati yaxshilanadi

16 may kuni «O‘zbektelekom» AK rahbariyati va mutaxassislarining Google Global Cache (GGC) kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qiladi Sof.uz.

Kompaniya vakillari Deyv Shvars va Yan Kliri O‘zbekiston foydalanuvchilari uchun Google servislari sifatining yaxshilanishi imkoniyatlarini namoyish etishdi.

Uchrashuv yakunida erishilgan kelishuvga ko‘ra, «O‘zbektelekom» AK texnologik maydonida GGC uskunalari o‘rnatiladi. «O‘zbektelekom» tarmog‘ida GGC bog‘lamali CDNning ishga tushirilishi bilan Google eng ommaviy resurslarini keshlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Natijada O‘zbekiston foydalanuvchilari uchun Google servislarining sifati sezilarli darajada oshadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!