O‘zbekiston mehnat vazirligi telegramda o‘z stikerlarini yaratdi

O‘zbekiston mehnat vazirligi telegramda o‘z stikerlarini yaratdi

O‘zbekistonda ilk bor davlat hokimiyati telegram dasturida o‘z stikerlar bazasini yaratdi. Ushbu g‘oya mehnat vaziriga tegishli bo‘lib, stikerlarni yaratishdan maqsad esa yoshlarni jalb qilish.

Stikerlarning katta qismida mehnat vazirligining xizmat turlari aks ettirilgan. Masalan: “Noxaq ishdan bo‘shatishdimi, 200-06-00 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling” stikerida vazirlik raqami ko‘rsatilgan, ushbu raqam orqali o‘zingizga kerakli ma’lumotlarni va huquqlaringizni himoya qilish bo‘yicha yordam olishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning may oyida vazirlik tomonidan tezkor interaktiv xizmatlar ko‘rsatish maqsadida ishga tushirilgan 0 (371) 2000-600 raqami hozirda butun hafta mobaynida ishlamoqda va har oyda mehnat sohasi bo‘yicha 1500ga yaqin arizalarni ko‘rib chiqadi.

Bundan tashqari, mehnat vazirligi foydalanuvchilarni yangi stikerlar yaratish bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga chaqiradi, ishtirokchilar o‘z g‘oyalarini [email protected] elektron manziliga yuborishlari mumkin. Tanlab olingan eng yaxshi stikerlar mualliflarini esa sovrin tariqasida USB-fleshka kutmoqda.

Stikerlarni ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin: https://telegram.me/addstickers/uz_mehnat