O‘zbekiston provayderlari uchun internet-xizmatlari narxi pastladi

O‘zbekiston provayderlari uchun internet-xizmatlari narxi pastladi

O‘zbektelekom AK joriy yilning 9 oktyabridan boshlab O‘zbekiston provayderlariga (tashqi kanal) internet-xizmatlari tariflarini 1 Mbit/s uchun 199,68 dollargacha kamaytirganini e’lon qildi.

Oldin ham tariflar narxi bir necha marta pasaytirilgan. Bu haqda kompaniyaning veb-sahifasida batafsil bayon qilingan. Joriy yil boshida 1 Mbit/s 259,29 dollar bo‘lgani holda yil oxiriga kelib, 199,68 dollarni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, 2014 yilda narxlarni 6 marta ketma-ket arzonlatishgan, 2014 yilning yanvaridagi 1 Mbit/s uchun 306 dollarlik narx dekabr oyida 265 dollarga tushgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!