O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida dronlardan foydalaniladi

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida dronlardan foydalaniladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi qishloq xo‘jaligi yer maydonlarini monitoringdan o‘tkazish ishlarining taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda O‘zAga asoslanib, Daryo.uz xabar bermoqda.

Taqdimotda kvadrokopter (dron, uchuvchisiz parvoz qiluvchi qurilma) yordamida yer maydonlarini o‘lchash, ma’lumotlarni elektron bazaga kiritish, yer maydonlarini aerofotos’yomka qilishga e’tibor qaratilgan.

Yer maydonlarini An-2 samolyoti va kvadrokopter yordamida o‘lchash natijalari taqqoslandi. Ma’lum bo‘lishicha, 100 gektar maydonni samolyot yordamida 20 soatda o‘rganilsa, kvadrokopter qo‘llanilganda xuddi shu hajmdagi ishlarga 4 soat sarflaydi.

Bundan tashqari, ekinlarga agrodron, OVX purkagichi va samolyot yordamida ishlov berishning qiyosiy ko‘rsatkichlari ham namoyish etildi.

«Ish unumdorligini oshirishda zamonaviy agrodronlarning imkoniyatlari yuqori baholandi», — deyiladi O‘zA axborotida.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!