O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi o‘z ishini boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi o‘z ishini boshladi

Sizda hal etilmagan masalalar/muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri qabulxonasi test rejimida virtual faoliyatini ishga tushirdi. Virtual qabulxona manzili – pm.gov.uz.

Bosh vazirning virtual qabulxonasi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va shikoyatlarini qabul qiladi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.

Veb-sayt foydalanuvchilari yuqoridagi manzilga kirib, maxsus shaklini to‘ldirish orqali o‘z arizalari, shikoyatlari va takliflarini qoldirishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga ariza, taklif va shikoyatlarni (0 800) 210-0000 yoki «1000» qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilgan holda yuborishingiz mumkin (qo‘ng‘iroq respublika bo‘yicha bepul bo‘lib, undan faqatgina statsionar telefonga qo‘ng‘iroq qilish narxi bo‘yicha haq olinadi).

Shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar ariza, shikoyat va takliflar bo‘yicha O‘zLiDePning hududiy kengashlariga ham murojaat qilishlari mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!