O‘zbekistonda 2021 yilgacha “aqlli” elektr hisoblagichlar o‘rnatiladi

O‘zbekistonda 2021 yilgacha “aqlli” elektr hisoblagichlar o‘rnatiladi

Elektr energiyasini hisoblaydigan “aqlli” hisoblagichlarni o‘rnatish loyihasi to‘rt bosqichni qamrab oladi va 2021 yilda nihoyasiga yetadi, deb xabar beradi Sputniknews-uz.com.

Xitoyning KAIFA kompaniyasida ishlab chiqarilgan hisoblagichlar Koreya kompaniyasi tomonidan o‘rnatiladi.

Yangi avlod hisoblagichlari “aqlli” hisoblagichlar deb ham nomlanadi. Ushbu hisoblagichlar “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan. Loyihaning birinchi bosqichida 1 million donadan ortiq hisoblagich o‘rnatiladi.

“Ularda soxtalashtirish jarayoni yuz bergani zahoti darhol o‘chish funksiyasiga va energiya to‘lovi to‘lanmagan taqdirda masofadan o‘chish xususiyatiga ega. Bundan tashqari, yangi hisoblagichlar iste’mol qilingan energiya hajmi, turli fasllar va sutkada energiya iste’moli vaqtiga muvofiq egiluvchan tariflar asosida ishlaydi”, — dedi KAIFA tomonidan loyiha rahbari Fan Xua Seng.

Jismoniy shaxslar uchun hisoblagichlarni sotib olish va o‘rnatish to‘laligicha “O‘zbekenergo” AJ hisobidan amalga oshiriladi, yuridik shaxslar uchun esa faqatgina elektr energiyasini hisoblagichni o‘rnatish pulli bo‘ladi.

Ekspertlarning fikricha, elektr energiyasini nazorat va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ning tatbiq etilishi iste’mol qilingan energiya haqidagi ma’lumotni yig‘ishda inson omilini kamaytiradi, iste’mol qilinayotgan energiya darajasi haqida aniq ma’lumot olish imkonini beradi, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish tizimini yaxshilaydi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.