O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi

O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi

O‘zbekiston Hukumati O‘zRda 2016-2018 yillar mobaynida elektron tijoratni rivojlantirishga doir konsepsiyani tasdiqladi.

Konsepsiyadan ko‘zlangan maqsad 2016-2018 yillarda elektron tijorat doirasidagi yagona siyosat strategiyasini belgilash hamda tadbirkorlikni va tadbirkorlik sub’yektlari o‘zaro aloqalarini rivojlantirishga teng sharoitlar yaratishdir.

Konsepsiyaning asosiy vazifalariga elektron tijorat to‘g‘risida qonunchilikni takomillashtirish; elektron tijorat sohasida tadbirkorlikni rivojlantirishga qulay shart-sharoit yaratish yaratish; elektron tijorat infratuzilmasini yanada zamonaviylashtirish; mahsulot almashinuvi va xizmat ko‘rsatilishini ko‘paytirish; elektron tijorat sohasidagi xalqaro tajribani o‘rganish, tahlil qilish va qo‘llash va boshqalar kiradi.

Konsepsiya amalga oshirilganida internet-do‘konlar, axborot vositachilar va muvofiq savdo platformalari ortishi hisobiga tranzaksiyalar, tovar almashinuvi, eksport hajmi o‘sishi; bank kartalaridan foydalanuvchilar soni ortishi; ichki va xalqaro bozorda tadbirkorlik sub’yektlarining samarali raqobati uchun shart-sharoit yuzaga kelishi; tijoratning innovatsion uslublari spektri kengayishi; tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi byurokratik to‘siqlar yo‘qotilishi; qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishi va boshqa imkoniyatlar yuzaga keladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!