O‘zbekistonda internet xizmatlari haqi yana arzonlashdi

O‘zbekistonda internet xizmatlari haqi yana arzonlashdi

O‘zbektelekom” AJ 2017 yilning 2 fevraldan boshlab internet-xizmatlar haqi 1 Mbit/s ga 86,11 AQSh dollari miqdorida belgilanganini xabar qildi, deya yozadi Sof.uz.

Yangi yildan boshlab internet-xizmatlari haqi 1 Mbit/s uchun 91,07 AQSh dollaridan 86,11 dollargacha kamaytirildi.

O‘zbektelekom saytida keltirilgan grafikka ko‘ra, 2016 — 2017 yillar davomida O‘zbekistonda internet xizmatlari haqi salkam 50 foizga kamaytirilgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu chegirmalar milliy boshqaruvchi kompaniyadan respublikadagi internet provayderlari va  uyali aloqa kompaniyalari uchun belgilanadigan narxlarga taaluqlidir.