O‘zbekistonda maishiy texnikani ta’mirlaguncha o‘rniga boshqasini qo‘yib ketadigan markaz ochiladi

O‘zbekistonda maishiy texnikani ta’mirlaguncha o‘rniga boshqasini qo‘yib ketadigan markaz ochiladi

O‘zbekistonda muzlatkichi, televizori yoki kir mashinasi buzilib qolgan kishilar hech qayerga borib ovora bo‘lmasdan, yuqori sifatli texnik xizmatlardan foydalanishi mumkin bo‘lgan yangi onlayn servis markazi ochiladi. Bu haqda Kun.uz  sayti mazkur xizmat ma’lumotiga asoslanib xabar berdi.

“Texno-markaz” O‘zbekistondagi oliy toifali birinchi va yagona onlayn servis markazi bo‘lib, maishiy texnika ta’mirining noan’anaviy uslubini taklif etadi”, deydi firma vakili.

Manbaning bildirishicha, birdan buzilib qolgan televizor, kir mashinasi, changyutgichni tashqariga chiqmay tuzatish imkoni faqat shu xizmat orqali taklif etilib, buning uchun servis markazi onlayn murojaat etish kifoya qiladi.

Qolaversa, ta’mirlanayotgan har qanday maishiy texnika o‘rniga ta’mirlanish vaqti davomida mijozga boshqa maishiy texnika taklif etiladi. Ya’ni, muzlatkich buzilib qolganida, xizmat xodimlari uni olib ketishadi va u tuzalgunicha foydalanib turish uchun boshqa muzlatkich keltirishadi.

Mijozlar xizmat bilan onlayn tizimi orqali istalgan paytda bog‘lanishi, maishiy texnika turiga ko‘ra, ta’mirga qancha vaqt ketishini, shuningdek ta’mir narxini aniq bilib olishi mumkin.

Shuningdek, onlayn tizim orqali maishiy texnika kim tomonidan ta’mirlanishini aniqlash ham mumkin bo‘ladi. Bunda xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassis haqidagi ma’lumotlar servisga joylashtirilgan bo‘ladi va mijoz o‘zi qaysi xodimning xizmatidan foydalanishni mustaqil ravishda tanlash imkoniga ega bo‘ladi.

Mutaxassis mijoz istagan paytda belgilangan joyga boradi.

Ta’mirtalab maishiy texnikanni mutaxassis ko‘zdan kechirib, nosozlikni aniqlashi va yul xarajatlari uchun to‘lov olinmaydi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!