O‘zbekistonda Uzbekistan Explorer dasturi ishlab chiqildi

O‘zbekistonda Uzbekistan Explorer dasturi ishlab chiqildi

Google Play do‘konida yaqinda Uzbekistan Explorer Android-dasturi paydo bo‘ldi, deb yozadi Daryo.Uz. Ishlab chiquvchilar so‘zlariga ko‘ra, bu «sizga O‘zbekistonga mahalliy fuqaro ko‘zi bilan qarash imkonini beruvchi to‘liq mualliflik va notijorat loyihasidir».

ТС-337x600

Ta’kidlanishicha, dastur yordamida foydalanuvchi mustaqil ravishda mamlakatning eng qiziqarli manzilgohlariga tashrif buyurishi, milliy taomlardan bahramand bo‘lishi, qulay mehmonxonalarda dam olishi mumkin.

ТС2-337x600

Dastur orqali quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lish mumkin:

  • tarixiy yodgorliklar, mehmonxona va restoranlarning mualliflik fotosuratlarini offlayn rejimda tomosha qilish;
  • har bir joy haqidagi mualliflik fikrlarini o‘qish;
  • hayotiy vaziyatlarning ko‘pchiligi yuzasidan mahalliy aholi maslahatlaridan foydalanish;
  • keng ko‘lamli so‘zlashgichdan foydalanish;
  • bevosita dasturning o‘zidan Google Maps yordamida zarur manzillarni topish.

Dasturni yuklab olish: Uzbekistan Explorer

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!