O‘zbekistondagi operatorlarga so‘mli tariflar ishlab chiqish topshirildi

O‘zbekistondagi operatorlarga so‘mli tariflar ishlab chiqish topshirildi

Axborot texnologiyalarini va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi uyali aloqa operatorlariga qiymati so‘mda belgilangan tariflar ishlab chiqishni topshirdi, deb yozmoqda Sof.uz.

“Axborot vazirligining so‘nggi majlisida barcha operatorlarga qiymatini so‘mda bo‘lgan tariflar ishlab chiqish topshirildi. Bu narxlar oshadi yoki kamayadi degan ma’noni bildirmaydi.  Ular faqat boshqa valyutada belgilanadi, xolos”, — deb izoh berdi vazirlik.

Shu bilan birga yangi so‘mli tariflar qachon paydo bo‘lishi haqida aniq ma’lumot berilmadi.

Bugungi kunda O‘zbekiston uyali aloqa bozorida GSM standartida to‘rtta operator “Bilayn”, Ucell, UMS va Uzmobile faoliyat yuritmoqda. Inflyasiya darajasini oldindan aytish qiyin bo‘lgani tufayli ularning hammasi tariflari AQSh dollari hisobida belgilangan.

Bu yil O‘zbekiston uyali aloqa abonentlari soni 21,4 mln kishiga yetdi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.