O‘zbekistonlik olimlar kalorifer ortidagi havo haroratini avtomatik rostlash usulini ixtiro qildi

O‘zbekistonlik olimlar kalorifer ortidagi havo haroratini avtomatik rostlash usulini ixtiro qildi

O‘zR FA Energetika va avtomatika instituti olimlari kalorifer (issiq suv, bug‘ yoki issiq havo o‘tadigan trubalardan iborat isitish qurilmasi) ortidagi havo haroratini avtomatik rostlash usulini ixtiro qilishdi. Mazkur usul issiqlik elektr stansiyalarida foydalaniladi. Yangi qurilma belgilangan yuklamadan past holatda havo isitgichlarning isitish sirtlari ishining tejamkorligi va ishonchliligini oshiradi. Shuningdek, kalorifer ortidagi havo haroratini rostlovchi tizimining aniq va tez ishlashini ta’minlaydi.

Mualliflar jamoasi (S.K.Ismatxo‘jayev, E.N.Nuraliyev, F.E.Abduraimov, V.A.Mokrushev, A.A.Azamov i M.A. Bekimov) ixtiroga patent olishdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Axborot xizmati.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!