O‘zbekistonlik olimlar oqimli nasos ixtiro qilishdi

O‘zbekistonlik olimlar oqimli nasos ixtiro qilishdi

Toshkent irrigasiya va melioratsiya instituti xodimlari qatorida mutaxassislar Oybek Orifjanov, Dilbar Abduraimova hamda Maqsud Otaxonovlar oqimli nasosni ixtiro qilishdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi  Intellektual mulk agentligi xabar bermoqda, deb Qalampir.uz yozmoqda.

Mazkur foydali model oqimli texnika, drenaj suvlarini tortib olish, quduqlardan filtratsion suvlarni chiqarib olishdagi qurilmalar uchun mo‘ljallangan. Oqimli nasos turli rejimlarda, nasosning ishonchli ishlashini ta’minlash va foydali ish koeffitsiyentini oshirish imkonini beradi.