O‘zbekistonlik talaba yo‘lni yorituvchi shamol generatori yaratdi

O‘zbekistonlik talaba yo‘lni yorituvchi shamol generatori yaratdi

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti talabasi Sarvar Usmonaliyev shamol genatori ishlab chiqdi, u magistral yo‘llarni yoritishga mo‘ljallangan.

Bu qurilma shamol energiyasi hisobiga ishlaydi. Asosan katta yo‘llar chetiga, yerdan 4-5 m balandlikda o‘rnatiladi. Iste’dodli talaba shu yilgi “Yurt kelajagi” iqtidorli yoshlar tanlovi shahar bosqichining g‘olibi bo‘ldi.

Abu Rayhon Beruniy stipendiyasi sohibi Akbarjon Anvarov ham ixtirochilikka qiziqadi. U g‘o‘zapoyani qayta ishlovchi uskuna yaratdi. Bu uskuna g‘o‘zapoyani qizdirish yo‘li bilan qayta ishlangan yoqilg‘i oladi, unga “yog‘och ko‘miri” deb nom berildi. Qishloq joylarda uylarni isitishda bu yoqilg‘i asqotishini, narxi arzonligini mutaxassislar ta’kidlamoqda.

Yangi qurilmalar shu yil bo‘lib o‘tgan Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida namoyish etildi. Ixtirolarni amaliyotga qo‘llash ishlari olib borilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!