O‘zbekistonliklar yana bir bor jahon trendida

O‘zbekistonliklar yana bir bor jahon trendida

Ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbekistonlik faol foydalanuvchilari Respublikamizda o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga befarq bo‘lishmadi, deb Kun.uz yozmoqda.

Ular tomonidan Instagram, feysbuk va tvitter ijtimoiy tarmoqlarida #Saylov, #Saylov2016, #Uzbekistan, #Uzbekistan, #MoyVibor, #MoyPrezident, #MoyPrezident, #Mirziyoyev, #VoteForMirziyoyev hamda #MirziyoyevPrezident heshteglari yozib qoldirildi. Natijada mazkur heshteglar foydalanuvchilar, xususan yoshlar orasida ommalashdi.

hes2

Shuni alohida e’tirof etish joizki, tahlil natijalariga ko‘ra, eng ommalashgan heshteg #MirziyoyevPrezident heshtegi bo‘ldi. Ushbu heshteg bilan tvitterda 174 mingdan ortiq tvit qoldirildi va heshteg dunyo trendiga chiqdi (tvitlar yozilishi davom etmoqda).

Ushbu heshteg Hashtags.org analitik saytida ham dunyo bo‘yicha mashhur (“yulduzli”) heshteglar orasida eng yuqori pog‘onani egalladi.

hes3

Eslatib o‘tamiz, avval ham  ijtimoiy tarmoqning o‘zbekistonlik faol yoshlari bir necha marta (#Navoiy575, #BoburDay va #NavrUZ kabi heshteglar bilan) dunyo trendini zabt etishgan edi.

hes5

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.